“Real” Ronaldu bilan o‘ynayotgan yulduzni Evropaga qaytaradi

  • 25.07.2024 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” mutasaddilari jamoani tark etgan markaziy himoyachi Nacho Fernandesning o‘rniga boshqa futbolchi qidirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu bilan birga “An-Nasr” jamoasida o‘ynayotgan ispaniyalik himoyachi Emerik Laportni olib kelmoqchi.

El Larguero nashrining yozishicha, 30 yoshli futbolchining o‘zi ham Evropaga qaytish uchun maoshining bir necha baravar kamayishiga rozilik bergan.

Emerik Laport professional darajada Bilbaoning “Atletik” va Angliyaning “Manchester Siti” klublarida o‘ynagan.

Tajribali markaziy himoyachi o‘tgan yili yozda “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfermarkt portali tomonidan 20 million evroga baholanayotgan futbolchining saudiyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!