"Real" so‘nggi 3 yilda 3 ta sardoridan ayrildi
"Real" klubi har mavsum so‘nggida uzoq yil jamoada o‘ynagan futbolchilari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu safar navbat Benzemaga keldi.
2021 yilda jamoa sardori Ramos "qaymoqranglilar" safini tark etib, PSJga o‘tdi. Undan keyin sardorlik bog‘ichi Marseloga qoldi. Bir mavsumdan keyin braziliyalik himoyachi ham ketdi. Marselodan so‘ng kapitanlikni Karim o‘z zimmasiga oldi va u an’anani davom ettirdi.
Shu tariqa, ketma-ket 3 mavsumdan beri "Real" 3 ta kapitanidan ayrildi. Qiziqarlisi, jamoani keyingi sardori Kroos yoki Modrich bo‘lishi mumkin. Ular 2024 yilda Madriddan ketadi.
Fikrlar