“Real” superfutbolchi transferi bo‘yicha ish boshlandi
Madridning “Real” klubi mutasaddilari rahbariyat nishonidagi futbolchi – “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini sotib olish ustida ish olib bormoqda.
Madridliklar jamoaning 29 yoshli ispan futbolchisiga o‘xshash sifatlarga ega o‘yinchiga ehtiyoji bor, deb hisoblayapti.
Bu haqida The Touchline akkaunti jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” vaziyatdan xabardor va agar Rodrining o‘zi ketishni istasa, transferga to‘sqinlik qilmaydi.
Avvalroq Rodri intervyusida “Real”ga o‘tish ehtimolini istisno qilmagan edi.
2024 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan mahoratli yarim himoyachi 2019 yildan beri “Manchester Siti”da o‘ynamoqda.
Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar