"Real" tarbiyalanuvchisi PSJ bilan shartnomani bekor qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ ispaniyalik yarim himoyachi Xese Rodriges bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqida klub rasmiy matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv mavsum so‘nggida yakuniga etishi kerak edi, biroq futbolchi bugundan erkin agentga aylandi.

Xese "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U parijliklar tarkibiga 2016 yilda 25 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. U Frantsiya chempioni safida 18 ta o‘yinda 2 ta gol kiritdi.

PSJ ixtiyorida o‘tgan 4 yil mobaynida Xese "Las-Palmas, "Stok Siti", "Betis" va "Sporting" klublarida ijarada to‘p surdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!