
“Real” to‘qqiz nafar o‘yinchidan voz kechdi
“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida to‘qqiz nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Goal nashri.
Mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan Garet Beyl, Isko va Marselo birinchilardan bo‘lib, Madridni tark etadi. Klub bu futbolchilarga yangi shartnoma bermaydi va ularning ketishidan 60 million evroga yaqin mablag‘ tejab qoladi. Bu summa Kilian Mbappega berilishi mo‘ljallangan 50 million evrolik maoshni qoplaydi.
Shuningdek, madridliklar uzoq muddatli shartnoma ega bo‘lgan to‘rt o‘yinchi Eden Azar, Luka Yovich, Mariano Dias va Xesus Valexoni boshqa jamoalarga ijaraga berish yoki sotib yuborishga harakat qiladi.
Amaldagi kelishuvi kelasi yili yakunlanadigan Marko Asensio va Dani Sebalosga ham o‘ziga yangi jamoa topish aytilgan. Ular murabbiylar shtabining rejasiga kiritilmadi.
Fikrlar