“Real” to‘xtamaydi: Nishonda ikki mashhur futbolchi!

  • 25 iyun, 2024, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati 2025 yilning yozida amalga oshirilishi rejalashtirilgan transferlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Kelasi mavsum oxirida himoyachi Danieel Karvaxal klubni tark etishi mumkin.  Klub rahbariyati 32 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas.

Shu bois, “Qirollik klubi” tajribali o‘ng qanot himoyachisi o‘rniga yosh, tezkor va kurashuvchan o‘rinbosar qidiryapti.

AS nashrining yozishicha, hozircha ikki nomzod tanlangan. Birinchisi “Real” o‘zi tarbiyalagan Ashraf Hakimi bo‘lib, ayni paytda PSJ sharafini himoya qilyapti.

Ikkinchi nomzod esa, “Chelsi” sardori Ris Jeyms hisoblanadi. Har ikki himoyachini olish uchun madridliklar yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!