"Real" umidsizlikka tushib qoldi
Madridning "Real" klubi norvegiyalik hujumchi Erling Xoland uchun kurashda favorit hisoblanmaydi. Buni "qaymoqranglilar"ning o‘zi ham his qilmoqda.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash masalasiga umidsizlik bilan qaramoqda. Sababi, yosh goleador uchun kurashayotgan klublar soni talaygina.
Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq, uni "Barselona" yozda o‘z safiga qo‘shib olishi haqida xabarlar tarqalayotgandi.

Fikrlar