“Real” uni sotsa, pulsiz qoladi

  • 6 aprel, 2022, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati hujumkor futbolchi Marko Asensioni yozda sotib yuborishni maqsad qilgandi. El Nacional nashrining xabar berishicha, madridliklar o‘z rejasini amalga oshirishda jiddiy muammolarga duch kelyapti.

Tecno

Gap shundaki, “Qirollik klubi”ning asosiy homiylaridan hisoblangan Adidas firmasi Asensioning sotib yuborilio‘iga qarshi chiqmoqda. Firma rahbariyati bu borada klub prezidenti Florentino Peresga ta’sir o‘tkaza boshladi.

Joriy mavsumda 34 ta uchrashuvda 10 ta gol urgan 26 yoshli futbolchiga hozirning o‘zida “Arsenal”, “Yuventus”, “Milan” kabi katta klublardan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Hozircha, “Real” mutasaddilari Asensio bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!