"Real" unvonlar yutish bo‘yicha "Barselona"ga etib oldi
"Real" La Liga chempionligini o‘z tarixida 34-marotaba qo‘lga kiritdi. Bu madridliklar uchun umumiy hisobda 91-unvon bo‘ldi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Barselona"ga tenglashib oldi.
"Real" Ispaniyada La Liga (34), Ispaniya Kubogi (19), Ispaniya Superkubogi (11) va liga Kubogini (1) qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, madridliklar 26 ta xalqaro miqyosdagi turnirlarda: Chempionlar ligasi (13), UEFA kubogi (2), UEFA superkubogi (4), Qit’alararo kubok (3), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida (2) zafar quchgan.
O‘z navbatida, "Barselona" La Liga (26), Ispaniya Kubogi (30), Ispaniya Superkubogi (13) va liga Kubogi (2) sohibi bo‘lgan.
Kataloniyaliklar xalqaro miqyosdagi turnirlarda: Chempionlar ligasi (5), UEFA superkubogi (5), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (3), Kubok egalari kubogida (4) muvaffaqiyat qozongan.
Fikrlar