"Real" uzoq kutilgan transferdan voz kechdi

  • 02.01.2022 16:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini "Real" klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq madridliklar bu transferni rad etdi.

ABC nashri ma’lumotlariga qaraganda, "qaymoqranglilar" markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmayapti. David Alaba va Eder Militao ko‘rsatayotgan o‘yin rahbariyatni qoniqtirmoqda. Agar jamoa mudofaa markaziga futbolchi sotib olsa, u yosh o‘yinchi bo‘ladi.

Shuningdek, "qirollik klubi" Ryudiger va agenti uchun to‘lanadigan pul sababli ham undan voz kechgan. Germaniyalik futbolchi shartnoma imzolash uchun 20 million evro talab qilmoqda. Shunda u "aristokratlar" bilan amaldagi bitimni uzaytirmaydi.

28 yoshli himoyachiga madridliklardan tashqari "Bavariya" va PSJdan ham qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!