
"Real" va Ramos qanday qarorga keldi?
Serxio Ramos mavsum yakunlanishi bilan jamoada qoladigan bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda AS nashri.
Tomonlar bir necha kun davom etgan muzokaralarda bir to‘xtamga kelgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, futbolchi ikki yillik shartnomaga ega bo‘ladi. Ayni paytda bitimning moliyaviy tomonlari muhokama qilinmoqda.
“Real” sardori bilan muzokarani klub prezidenti Florentino Peresning shaxsan o‘zi o‘tkazmoqda. U kelishuv haqidagi rasmiy ma’lumotni mavsum yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinishini istayapti.
Fikrlar