“Real”: Vinisius o‘rnini 16 yoshli vunderkind egallaydi

  • 12.11.2025 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” yaqin kelajakda braziliyalik legioner Vinisius Juniorning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Madridliklar hozirdan bu yulduzga o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Manbalarga ko‘ra, “Qirollik klubi” Angliya Chempionshipida “Lester Siti” sharafini himoya qilayotgan 16 yoshli Jeremi Mongani olib kelishni rejalashtiryapti.

Ayni paytda yosh hujumchi Evropaning bir necha klublari nishonida turibdi. Biroq ular orasida “Real” transfer harakatlarini ancha erta boshlashga tayyor.

“Real”ning transfer siyosatida turli ligalardan iqtidorli yosh o‘yinchilarni olib kelib, ularni klub an’analari asosida tarbiyalashga katta urg‘u beriladi.  Ekspertlarning ta’kidlashicha, Monganing faqat oldinga intilishi, tezkorligi, uchrashuvlarni hal qila olish qobiliyati va o‘yin uslubi Vinisius Juniorning yoshligini eslatib yuboradi.

Monga o‘tgan mavsumda “Lester” hali Premer-ligada o‘ynayotgan davrda 15 yoshida jahonning eng murakkab chempionatida debyut o‘tkazgan. O‘shanda “Lester”ni boshqargan Ruud van Nistelroy uni Premer-liga uchrashuvida maydonga tushirishdan cho‘chimagan va shu tariqa, Jeremi Monga APLda debyut qilgan eng yosh o‘yinchi sifatida tarixdan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!