"Real" xavbeki mavsumni La Liganing boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin

  • 05.01.2020 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Braim Dias "Xetafe"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Xetafe" rahbariyati allaqachon 20 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi masalasida "qirollik klubi"ga 2 marta taklif yuborgan. Biroq, futbolchining o‘zi “Real”dan ketishni xohlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Diasni 2019 yilning yanvarida 17 mln evro evaziga "Manchester Siti"dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 4 ta o‘yinda ishtirok etdi va maydonda jami 26 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!