“Real” xo‘jayini Anchelotti o‘rniga kutilmagan murabbiy tanladi

  • 27 iyun, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan 2026 yilning yarmigacha hamkorlik qiladi.

Klub prezidenti Florentino Peres keyingi bosh murabbiy masalasida bosh qotirmoqda.

Avvalroq, madridliklar klubdan etishib chiqqan Xabi Alonsoni taklif qilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Florentino Peresning bu borada fikri o‘zgargan ko‘rinadi. TodoFichajes nashrining yozishicha, klub xo‘jayini jamoani Tomas Tuxelga topshirmoqchi.

Peresga Tuxelning yulduzlar bilan ishlash usuli juda ma’qul kelgani aytilmoqda.

Tomas Tuxel so‘nggi yillarda “Chelsi”, PSJ va “Bavariya” kabi grand klublarda bosh murabbiylik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
27/06/2024 21:38
Йолгон
Асманов Асман
27/06/2024 21:38
Йолгон