"Real" yana bir asosiy futbolchisini yo‘qotdi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Federiko Valverdeda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Valverde Covid-19 ga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lgani uchun 18 aprel kuni karantinga olingan edi. Uning bugun topshirgan test natijalari musbat chiqdi.
22 yoshli urugvaylik futbolchi ayni shu sababli, La Liganing 33-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga (0:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Endi u bugun bo‘lib o‘tadigan "Kadis"ga qarshi o‘yinda ham jamoasiga yordam berolmaydi. Eng yomoni, Valverde 27 aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi dastlabki uchrashuvda ham o‘ynolmasligi mumkin.
Valverde joriy mavsum "Real" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar