“Real” yana bir katta transferni tekinga hal qildi

  • 27 iyul, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati qo‘llayotgan transfer siyosati keyingi paytda jamoaga katta foyda keltirmoqda. Madridliklar o‘zlari ko‘zlagan mashhur o‘yinchilar bilan uzoq vaqt aloqa o‘rnatib, ularni erkin agent maqomiga erishgandan keyin o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

Xususan, Kilian Mbappe transferi ham huddi shu tartibda amalga oshirildi va PSJ etakchi o‘yinchisining ketishidan kuyib qoldi.

Endi madridliklar Alfonso Devis bilan huddi shunday yo‘l tutdi. “Bavariya” o‘z o‘yinchisini qimmat baholab, mo‘may daromad ishlab olishni ko‘zlagandi.

Biroq, “Real” mutasaddilari kanadalik himoyachini 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka ko‘ndirdi. Endi Devis yangi mavsum tugaganidan keyin erkin agent maqomida Madridga ko‘chib keladi.

“Bavariya” esa, 23 yoshli chap qanot himoyachisi transferidan bir evro ham ishlab ololmaydi. “Qirollik klubi” Alfonso Devis hech qaysi klub bilan bitim tuzmasligi uchun unga katta miqdorda bonus berishni va’da qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. Oxunjon
27/07/2024 17:45
Kayf qilyabdiku bula
Xo'jayev Shuxrat
27/07/2024 16:10
Ӯйинни ким шарҳлаши йӯқ кӯ
Эътиборлироқ бӯлила болла