“Real” yana ikki futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
Yangi mavsum boshlanish arafasida “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yana ikki o‘yinchi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Marca nashrining xabar berishicha, madridliklar asosiy tarkibga kira olmayotgan hujumchi Mariano Dias va himoyachi Alvaro Odriosolani transferga qo‘yadi.
Dominikanlik Mariano Dias 2011 yildan beri “Real” tizimida yuribdi. Biroq hujumchi biror murabbiy qo‘l ostida asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. Oradan bir mavsum “Lion”ga ijaraga yuborildi. 29 yoshli futbolchi shu kunga qadar La Ligada 51 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol urgan.
Alvaro Odriosola ham madridliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Real”dan tashqari ijara asosida “Bavariya” va “Fiorentina” klublarida o‘ynagan. 26 yoshli himoyachi faoliyati davomida 225 marta maydonga tushib, to‘qqizta gol va 27 ta assist qayd etgan.



Fikrlar