"Real" yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)
"Real" Madrid kelasi mavsum uchun yangi uy liboslarini taqdim etdi. Bu haqda klubi matbuoti xabar berdi. "Qirollik klubi" libosi an’anaviy oq rangda tayyorlangan. Yonlarda va yoqada to‘q ko‘k va oltin chiziqlar qo‘llanilgan.
Madrid klubining texnik hamkori Germaniyaning Adidas sport anjomlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Ispaniya La Ligasining so‘nggi mavsumida Karlo Anchelotti shogirdlari liga chempionligini “Barselona”ga boy berib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Chempionlar ligasida “qaymoqranglilar” yarim finalga yo‘l oldi va “Manchester Siti”ga umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi.


Fikrlar