“Real” yangi yulduz tanladi
“Real” rahbariyati kelasi yoz uchun reja tuza boshladi. Madridliklar mavsum yakunlanganidan keyin jamoaga “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandesni olib kelmoqchi.
Rodri Xosep Gvardiola jamoasida asosiy figuralardan hisoblanadi. Bundan tashqari, u Germaniyada o‘tkazilgan Evropa chempionatining eng zo‘r futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Ayni paytda ispaniyalik charm to‘p ustasining narxi 130 million evroga ko‘tarilgan.
“Manchester Siti” xo‘jayinlari ham jamoa o‘yiniga ta’siri katta bo‘lgan yarim himoyachini qo‘yib yubormoqchi emas. Garchi Rodrining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha imzolangan bo‘lsa-da, “shaharliklar” u bilan yangi bitim tuzish harakatida.

Fikrlar