“Real” yangi yulduzga ko‘z tikyapti

  • 11.05.2021 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida tarkibni yoshartirishga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Zinedin Zidan yangilanishlarni maydon markazdagi futbolchilardan boshlashga qaror qildi. Birinchilardan bo‘lib, “Lion”da ishonchli o‘yin namoyish etayotgan  Ussem Auar olib kelinishi kutilmoqda.

22 yoshli futbolchi “Lion”ning etakchisi hisoblanadi. U terma jamoa safida ham muvaffaqiyatli o‘ynamoqda.

“Lion” bu yarim himoyachini 55 million evroga sotib yuborishga tayyor. Shunday bo‘lsa-da, uni olish oson bo‘lmaydi. Buning uchun “Qirollik klubi” mutasaddilari klub va futbolchining o‘zi uchun “Yuventus”, “Liverpul” va “Arsenal”dan yaxshiroq taklif berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!