“Real” yanvarda “bomba transfer”ni amalga oshiradi

  • 19.12.2021 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Qirollik klubi” yanvar oyida kutilmagan ishni amalga oshirmoqchi. Ma’lumki, “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar yozni kutyapti va norvegiyalik futbolchi shartnomasida belgilangan 75 million evrolik transferdan foydalanishni rejalashtirgan.

“Real” prezidenti Florentino Peres boshqacha yo‘l tutmoqda. U ko‘proq mablag‘ ajratib, dortmundliklarni Xolandni yanvarda qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.

Ayni paytda, iste’dodli to‘purarga “Manchester Siti”, PSJ, “Bavariya”, “Barselona”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” kabi qudratli klublar ko‘z tikib turibdi.

Futbolchining o‘zi ham faoliyatini yuqori maqsadlar va nufuzli sovrinlar uchun kurashadigan kuchli jamoalarda davom ettirish istagini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!