
"Real" yarim himoyaga A Seriyadan futbolchi olib kelmoqchi
"Real Madrid" Ederson Lourensoni o‘z safiga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.
"AS" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar "Real Sosedad" bilan Martin Subimendi transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan taqdirda, "Atalanta" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashlari mumkin.
Bergamoliklar Edersonni foydali taklif bo‘lsa sotishga tayyor. "Qirollik klubi" uchun transfer summasi 60 million evrogacha etishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili yozda "Atalanta" Ederson uchun bir nechta taklifni rad etgan. Xususan, "Atletiko" braziliyalik futbolchi uchun 55 million evro to‘lash niyatida edi. Shuningdek, xavbekka "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsum umumiy 25 ta bellashuvda maydonga tushgan. Edersonning hisobida 2 ta gol va bitta golli uzatma bor.
Fikrlar