“Real” yarim himoyaga oltita yangi yulduzni tanladi

  • 14.02.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyadagi nufuzli manbalardan Mundo Deportivo nashri Madriddning “Real” klubi markaziy yarim himoyachi pozitsiyasi uchun yangi nomzodlarni tanlagani  haqida ma'lumot chiqardi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” skautlari maydon markazini kuchaytirish uchun murabbiylar shtabiga besh nafar yarim himoyachi nomzodini tavsiya qilgan.

“Real” uchun yozgi transferlar davridagi eng asosiy nishon hamon “Pari Sen-Jermen” yulduzi Vitin'ya bo‘lib turibdi. Biroq Portugaliya terma jamoasi a'zosini qo‘lga kiritish juda qiyin masalaga aylangan.

Shu bois, madriddliklar transfer nishonlari ro‘yxatiga boshqa o‘yinchilarni ham kiritgan. Xususan, “Oltin to‘p” sohibi Rodri (“Manchester Siti”), jahon chempionlari – Enzo Fernandez (“Chelsi”) va Aleksis Mak Allister (“Liverpul”) ham “Qirollik klubi” uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Real” mutasaddilari zahira varianti ro‘yxatiga Adam Uorton (“Kristal Pelas”) va Kes Smit (“AZ Alkmar”) kabi iqtidorli o‘yinchilarni ham kiritib qo‘ydi.

Madriddliklar kelasi yozda mazkur ro‘yxatdan kamida bitta futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida, hozir jamoa tarkibida bo‘lgan ayrim yarim himoyachilari klubni tark etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!