"Real" yozda 2 nafar himoyachisini transferga qo‘ymoqchi

  • 25.03.2019 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yozgi transferlar davrida o‘zining 2 nafar himoya chizig‘i vakili bilan xayrlashmoqchi.

Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida Nacho Fernandes va Xesus Valexolarni transferga qo‘ymoqchi.

Ma’lumot uchun, Nacho joriy mavsum “Real” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi. Valexo hisobida esa hozircha 3ta o‘yin bor.

Transfermarkt sayti Nachoni 30 million evroga, Valexoni esa 10 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!