"Real" yulduz bilan shartnoma imzoladi – Romano

  • 16.06.2026 18:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol dunyosida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano yarim himoyachi Bernardu Silva haqida yangi ma'lumot bilan o‘rtoqlashdi. 

Uning yozishicha, portugalialik yulduz "Rea" bilan shartnomani rasmiy imzolab bo‘lgan. Aytilishicha, kelishuv ikki mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir muddatga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Bernardu Silvaning "Real"ga o‘tishiga jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo shaxsan qiziqish bildirgani ta’kidlanmoqda. 

Endi esa Madrid klubidan rasmiy e’lon chiqishini kutish qoldi, xolos.

Avgust oyida Bernardu Silva 32 yoshni qarshilaydi. U "Manchester Siti safida to‘qqiz mavsum o‘ynaganiidan so‘ng, erkin agent sifatida "Real"ga qo‘shilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!