“Real” yulduzi 100 millionga uchmadi

  • 16 iyun, 2024, 06:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy himoyachisi Antonio Ryudigerga Saudiya Arabistonidan yaxshi taklif bo‘lgandi.

Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” germaniyalik himoyachiga to‘rt mavsum uchun 100 million evro maosh va’da qildi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Ryudiger bu chorlovni qabul qilmagan.

Tajribali futbolchi “Real”da o‘zini baxtiyor his qilmoqda va bor e’tiborini madridliklar bilan bu yilgi muvaffaqiyatlarni yana takrorlashga qaratishini aytgan.

Qolaversa, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Karlo Anchelotti Antonio Ryudigerni jamoadagi asosiy figuralardan biri sifatida qadrlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!