“Real” yulduzi Frantsiya klubi xo‘jayinigа aylаndi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaning ikkinchi yirik ligasida ishtirok etuvchi "Le-Man" futbol klubi aksiyadoriga aylanadi, deya xabar bermoqda klub rasmiy matbuot xizmati.
"Tibo Kurtua ham sport, ham media sohasida juda yuqori professionalllik darajasiga ega", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Yozda Fransiyaning ikkinchi ligasi klubi OutField va OakBerry sarmoya fondlari timsolida yangi moliyaviy hamkorlarni e’lon qildi. Avvalroq loyihaга taniqli serbiyalik tennischi Novak Jokovich, shuningdek, Formula-1'ning sobiq poygachilari Felipe Massa va Kevin Magnussen qo‘shilgandi.
Klubning maqsadi - Fransiya ikkinchi ligasida beshinchi o‘rinni egallab turgan jamoaning mavqeini saqlab qolish va yakunda Liga 1'ga qaytish.
Fikrlar