“Real” yulduzi raqib jamoaga o‘tib ketadi

  • 18 fevral, 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsum yakunlanishi bilan jamoasini o‘zgartiradigan bo‘lyapti.

33 yoshli futbolchining “Qirollik klubi” bilan hamkorligi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Madridliklar o‘n yildan beri jamoaga xizmat qilayotgan Vaskesga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q.

Odatda, “Real” yoshi o‘tib qolgan futbolchilarga kamdan kam holatda yangi bitim beradi.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, Vaskes atrofidagi vaziyatni “SEvilya” kuzatib bormoqda. Andalusiyaliklar tajribali futbolchiga ish taklif qilishga tayyor.

Lukas Vaskes Karlo Anchelotti ishongan o‘yinchilardan biri. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 30 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ikkita gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!