
"Real" yulduzi Ronaldu to‘p tepayotgan ligaga borishni xohlamadi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Saudiya Arabistonidan juda foydali taklif oldi. Bu orqali Arabiston Vinisiusni JCh-2034 arafasida mamlakatning asosiy futbol yuziga aylantirmoqchi bo‘ldi, deb yozadi "The Athletic".
Manbaga ko‘ra, vinger Madriddagi faoliyati yaxshi bo‘lgani uchun Saudiya Arabistoni taklifini tezda rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionati, Ispaniya Superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Yakuniga etgan mavsum davomida Vinisius barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib 24 ta gol va 11 ta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar