
"Real" yulduzi terma jamoa safida jarohat oldi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Garet Beyl jarohati sabab, "qaymoqranglilar"ning bir qator uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
32 yoshli futbolchi Uels terma jamoasi safida "JCh-2022" saralashidan o‘rin olgan o‘yinda boldir qismidan jarohat oldi.
Beylning tiklanishi uchun kamida 2-3 hafta talab etiladi. U 13 noyabr kuni Belarusga qarshi bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirilgandi.
Bu mavsumda Garet La Liga doirasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar