
"Real"da "Arsenal" futbolchisi paydo bo‘lishi mumkin
Angliyaning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Express nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, gabonlik futbolchiga "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
30 yoshlik hujumchi londonliklar bilan keyingi yili tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Shuning uchun u shu yili yozda transferga qo‘yilishi mumkin. O‘z navbatida, "Arsenal" Obameyangning transferidan kamida 55 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar