"Real"da markaziy himoyachi qolmadi

  • 10.02.2024 18:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" rasmiy saytida Antonio Ryudigerning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Bugun "qirollik klubi" tibbiy xizmati futbolchini ko‘rikdan o‘tkazdi va uning chap son mushaklari jarohati borligi aniqlandi va shu sabab u "Jirona"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Ryudigerning tiklanish muddati e’lon qilinmagan. Karlo Anchelotti Ryudigerning holati "Jirona"ga qarshi o‘yin oldidan ma’lum bo‘lishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" - "Jirona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!