“Real”da qolaversin, endi u bizga kerak emas!

  • 07.02.2026 11:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati jamoaning yozda “Real”ga o‘tib ketgan sobiq himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning yangi mamlakatga moslashishda qiynalayotganidan xabardor.

Bu muammolar ko‘p jihatdan futbolchining jarohatlari bilan bog‘liq. Shunga qaramay, mersisaydliklar yozda klub taklifini qabul qilmay, Madridga ketib qolgan o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishni rejalashtirmayapti.

“Liverpul” mutasaddilari jamoaning uzoq muddatli rejalashtirilishi jarayoni allaqachon yakunlangan, deb hisoblamoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” kelasi yozda ham Aleksandr-Arnold bo‘yicha muzokaralarga kirishishni rejalashtirmayapti. Mersisaydliklar ilgari Trent o‘zinik qilib olgan o‘ng himoyasi pozitsiyasida Konor Bredli va Jeremi Frimpongga ishonch bildirishda davom etadi va ularni asosiy o‘yinchilar, deb hisoblaydi.

Trent “Real”ga kelganidan beri shu paytga qadar barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Katta maosh olayotgan futbolchi jamoaga yetarli darajada yordam bera olmayotgani “Qirollik klubi” xo‘jayinlarida ham e’tiroz tug‘dirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!