
"Real"ga Ederning xizmatlari ma’qul kelmayapti
"Real" Madrid klubi rahbariyati braziliyalik himoyachi Eder Militaoning joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan norozi bo‘lmoqda.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” yozda 22 yoshli braziliyalik futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Qayd etish lozimki, madridliklar uni 2019 yilning yozida “Portu”dan 50 mln evro evaziga sotib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Militao joriy mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar