
“Real”ga erta kelib qolgandim
Bu mavsumdan e’tiboran “Fiorentina” sharafini himoya qilayotgan serbiyalik hujumchi Luka Yovich “Real”ga ko‘chib o‘tgan davrini esga oldi.
Ma’lumki, 2019 yilning yozida madridliklar uni “Ayntraxt”dan 63 million evroga sotib olgan edi. Keyinchalik iste’dodli hujumchi “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.
“Real”dagi faoliyati davrida jami 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, atiga uchta to‘p kiritdi.
- “Real”ga o‘tish juda yoqimli bo‘lgandi. Bebaho tajriba va men dunyodagi eng buyuk klubning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman.
Lekin men “Real”ga juda erta o‘tib qo‘ydim, deb hisoblayman. Men kelgan payt Karim Benzema zo‘r formaga kirib olgandi. U “Oltin to‘p”ni munosib tarzda qo‘lga kiritganini ham aytishim kerak. Menga omad etishmadi, shunga qaramay bu juda foydali tajriba bo‘ldi, - dedi Luka Yovich.
Fikrlar