“Real”ga Klopp kelsa, sen ikkalaŋ ketasan!

  • 26.01.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klub xo‘jayini Florentino Peres jamoa boshqaruviga tajribali murabbiy Yurgen Kloppni olib kelishni orzu qilyapti va bu borada amaliy harakatlarini boshlab yuborgan.

Ilgari “Borussiya Dortmund” va “Liverpul”ni muvaffaqiyatli boshqargan nemis murabbiy agar 2026 yilning yozida “Real”ni qabul olsa, klubdan transferlar va jamoadagi kadrlar masalasini to‘liq nazoratini berishni talab qiladi.

Bu haqida Topskills Sports UK akkaunti Ispaniya manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kloppning rejalariga madriddiklarning ikki nafar qanot himoyachilari – Daniel Karvaxal va Ferlan Mendi kirmaydi.

Yurgen Klopp o‘z jamoalarida o‘zi qo‘llaydigan taktika va o‘yin uslublariga mos tushadigan, uning talablariga to‘g‘ri keladigan o‘yinchilarnigina o‘ynatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!