“Real”ga “yangi Benzema” keladi!

  • 15.05.2022 11:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Defensa Central nashrining xabar berishich, “Real” skautlari “Nitstsa” hujumchisi Amin Gurining o‘yinini diqqat bilan o‘rganib bormoqda.

22 yoshli hujumchini hozirdan “yangi Benzema”, deb atashmoqda va uni yorqin kelajak kutayotganini aytishmoqda.

Mutaxassislar Amin Guri ham Frantsiyaning bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisi Karim Benzema ortidan borib, “Real”ga o‘tishini taxmin qilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” rahbariyati  Erling Xolandni qo‘ldan chiqarganidan kein Amin Guri transferiga jiddiy e’tibor qarata boshladi.

Amin Guri xuddi Benzema kabi “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Nitstsa” tsni 2020 yilda 7 million evroga transfer qilgan edi. Bu mavsum 41 ta o‘yinda 12 ta gol urib, to‘qqizta golli pas uzatgan futbolchining transferi 50 million evroni tashkil qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!