"Real"ni 3 ta futbolchi tark etadi

  • 21 sentabr, 2021, 20:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi 2022 yilning yozida shartnomasi yakunlanadigan 4 nafar futbolchining 3 tasi bilan xayrlashadigan ko‘rinadi.

Tecno

MadridistaReal tarqatgan xabarga qaraganda, himoyachi Marselo, yarim himoyachi Isko va hujumcht Garet Beyl “qirollik klubi”ni erkin agent sifatida tark etadi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yana bir yildan so‘ng shartnomasi tugaydigan futbolchilar orasida faqatgina Luka Modrichga yangi shartnoma taklif qilinishi mumkin. Aytish kerakki, xorvatiyalik futbolchi 9 sentyabr kuni 36 yoshga to‘ldi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real” 5 ta turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 13 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!