
"Real"ni ikki futbolchi katta maqsadlar yo‘lida tark etadi
Marko Asensio va Dani Sebalos yozda "Real"ni tark etishi mumkin.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, ushbu futbolchilar Madrid jamoasidan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi taklif olmagan. Ularning amaldagi kelishuvi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Asensio va Sebalos muntazam ravishda asosiy tarkibda to‘p tepishni istaydi. Sababi, ular 2022 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya bilan g‘olib chiqishni istaydi. Ular "Real"da doim asosiy tarkibda maydonga tushish qiyinligini tushunib turibdi.
"Real" Madrid ularga nisbatan takliflarni tinglashga tayyor, ammo bu futbolchilarni tekinga qo‘yib yubormaydi. Hozircha mazkur o‘yinchilar uchun narx belgilanmagan.
Fikrlar