“Real”ni sindirgan Raysdan g‘alati statistika: 238 ta uchrashuvda zarbalar bekor ketgan!

  • 9 aprel, 05:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining chorak final birinchi uchrashuvida “Arsenal” futbolchisi Deklan Rays ikkita jarima zarbasini shu qadar mukammal bajardiki, har ikki vaziyatda to‘p “Real” darvzasidan o‘rin oldi.

Tecno

58 va 70-daqiqalarga to‘g‘ri kelgan mana shu ikki zarba madridliklarni “sindirdi”. QO‘shimchasiga Mikel Merino o‘z yurtidan kelgan jamoa darvozasiga uchinchi golni ham urdi.

BBC Sport nashrining ma’lum qilishicha, Deklan Rays bungacha 238 ta uchrashuv davomida jarima zarbalaridan unumli foydalana olmagan. “Real”ga qarshi bahsda yarim himoyachi “qora an’ana”siga barham berdi.

Endi har ikki jamoa 16 aprel kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘ladigan javob o‘yinida yana o‘zaro kuch sinashib, keyingi bosqichga kim chiqishini aniqlab oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!