"Real"ning asosiy futbolchisi keyingi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi

  • 19 iyun, 21:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchi Kilian Mbappening kasalxonaga yotqizilgani haqida ma’lum qilgandi.

Frantsiyalik hujumchida o‘tkir gastroenterit aniqlangan. Bundan oldin Mbappe kasallik tufayli bir necha mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan va hatto karantinga olingan edi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda Kilian ishtirok etmadi.

"Marca" nashrining xabar berishicha, Mbappe "Real"ning turnirdagi ikkinchi o‘yinini - 22 iyunda "Pachuka"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi. 

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Federiko Valverde o‘yin yakunida penaltidan unumli foydalana olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!