“Real”ning katta transferi barbod bo‘ldi

  • 07.06.2023 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” asosiy to‘purari Karim Benzema klubdan ketganidan keyin o‘rniga “Chelsi” hujumchisi Kay Xavertsni olib kelishga harakat qilayotgan edi.

Marca nashri jurnalisti  Xose Diasning ma’lum qilishicha, bu transfer barbod bo‘lgan. Hozircha, kelishuvning oxiriga etmay qolishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas.

Avvalroq, germaniyalik futbolchi Madrid klubiga ko‘chib o‘tishga tayyor ekani xabar qilingandi. “Chelsi”ning o‘zi ham Bundesligadan kelganidan beri o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmayotgan o‘yinchi bilan xayrlashishni rejalashtirgandi.

Xaverts o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 47 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!