
“Real”ning Mbappe transferini amalga oshirish imkoniyati baholandi
“Real” anchadan buyon Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish niyatida. Klub prezidenti 25 yoshli futbolchining mahoratini juda yuqori baholamoqda.
Biroq Mbappe atrofidagi vaziyat qanday echim topishi mavhumligicha qolmoqda.
Bu masalani yoritish bilan shug‘ullanayotgan ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol madridliklarning transfer imkoniyatiga baho berdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, “Real”ning Mbappeni qo‘lga kiritish imkoniyati 60 foizga teng ekan. “Qirollik klubi”ning o‘zi ham bu transferning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yuz foiz amin emas.
Mbappening o‘zi ham kelajagi haqidagi savollarga aniq javob berayotgani yo‘q. Hujumchi hali qaysi jamoada to‘p tepishi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagani aytdi.
Fikrlar