“Real”ning nazari “Siti”ni katta xarajatga tushirdi

  • 20 avgust, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodri Germaniyadagi Evropa chempionatida yuqori saviyada o‘ynab, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomini olganidan keyin “Real” nishoniga tushdi.

Tecno

“Shaharliklar” jamoada asosiy rolni o‘ynaydigan bu futbolchini saqlab qolish harakatlarini boshlab yubordi.

Mirror nashrining yozishicha, Manchester grandi rahbarlari 28 yoshli tayanch yarim himoyachisi klubda qolishi uchun uning maoshini ikki baravar oshirishga qaror qildi.

Manbaga ko‘ra, klub Rodriga bundan buyon har hafta 375 ming funt (440 ming evro) miqdorida mablag‘ ajratmoqchi.

Agar ispan futbolchi bu taklif asosida tuzilgan yangi shartnomani qabul qilsa, jamoadoshlari Erling Xoland va Keyin de Bryuyne qatori nafaqat “Manchester Siti”ning balki, Angliya Premer-ligasining eng katta maosh oladigan o‘yinchisiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!