"Real"ning o‘yini bekor qilindi
"Real" va "Rayo Valekano" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Rayo" tarkibida koronavirus simptomlariga ega futbolchi mavjud.
Mazkur futbolchi PTsR-test topshirgan, ammo uning javobi chorshanba tongidan oldin chiqmaydi. Ayni shu sabab, tushda o‘tishi belgilangan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi.

Fikrlar