“Real”ning qaysi yulduzlari Markaziy Osiyoga keladi?

  • 28 sentabr, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Qozog‘iston chempioni “Qayrat” bilan kuch sinashishi lozim.

Tecno

“Qirollik klubi” rasmiy sayti orqali bu uchrashuvda ishtirok etish uchun Almatiga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

22 kishilik tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabonlar:

Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Xavi Navarro;

Himoyachilar:

David Alaba, Raul Asensio, Alvaro Karreras, Fran Garsiya, Din Xyoysen, David Ximenes;

Yarim himoyachilar:

Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde, Orelen Tchuameni, Arda Gyuler, Dani Sebalos;

Hujumchilar:

Vinisius Junior, Endrik, Kilian Mbappe, Rodrigo, Gonsalo, Braim Dias, Franko Mastantuono.

Ro‘yxatga jarohatlangan o‘yinchilardan Daniel Karvaxal, Eder Militao, Trent Aleksander-Arnold, Antonio Ryudiger va Ferlan Mendi kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!