"Real"ning radari Germaniyada

  • 11.02.2023 16:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Bayer" ustozi Xabi Alonsoni diqqat bilan kuzatmoqda. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, jamoaning sobiq yarim himoyachisi "Bayer"dagi muvaffaqiyati bilan "qirollik klubi" rahbariyatini hayron qoldirgan.

Alonso "dorichilar"ni Bundesligada tushib ketish zonasiga yaqin qolganda qabul qilib olgandi.

Endilikda jamoa turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi va chempionlar ligasi zonasidan 11 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis 2009 yildan 2014 yilgacha "qaymoqranglilar" futbolchisi sifatida faoliyat yuritgan. Futbolchilik faoliyati davomida Xabi 2 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!