"Real"ning sobiq futbolchisi "Barselona" uchun YEChL kubogi orzu bo‘lib qolishini aytmoqda

  • 15.01.2026 04:00
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Toni Kroos "Barselona" joriy mavsumda Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmasligini ta’kidladi.

 "Barselona" Ispaniya Superkubogidagi g‘alabadan juda xursand, ammo endi Chempionlar ligasi boshlanadi. U yerda ular yuqori darajadagi raqiblarga duch keladi va menimcha, ular Yevropa miqyosidagi hech qanday sovrinni yuta olmaydi.

Flik jamoasi Yevropadagi eng jozibali o‘yin uslublaridan birini namoyish etmoqda, ammo ular juda katta tavakkalchilik qilishyapti.

Agar Pedri, Lamin Yamal yoki Rafinya jarohat olsa yoki omadsyz kunga to‘g‘ri kelsa, istalgan jamoa ularga jiddiy zarar yetkazib, musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin.

O‘tgan mavsumda qanday fikrda bo‘lgan bo‘lsam, hozir ham shu fikrdaman. Mening nazarimda, "Barselona" Chempionlar ligasini yuta olmaydi" — dedi Kroos.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Superkubogi finalida kataloniyaliklar "Real"ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!