Regbi-7. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi nufuzli turnirda debyut qildi

20-21 sentyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida regbi-7 bo‘yicha “Asia Rugby Emirates Sevens Series 2025” turniri o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi mazkur tasnifdagi turnirda ilk bor qatnashdi.

Qit’amizning eng kuchli 12 jamoasi ishtirok etgan ushbu turnirda hamyurtlarimiz 2 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etishdi. Shu tariqa, yigitlarimiz debyut turnirda to‘qqizinchi o‘rinni egallashdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!