
Riberi faoliyatini qachon yakunlamoqchi?
Frantsiyalik mashhur futbolchi Frank Riberi hozircha butsalarini mixga ilishni rejalashtirmayapti.
Bild nashrining yozishicha, 38 yoshli futbolchi kamida 40 yoshgacha futbol o‘ynamoqchi. Ammo ayni paytda uning qaysi jamoaga o‘tishi haqida xabarlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Riberi o‘tgan hafta shartnomasi tugagani bois "Fiorentina" safini tark etgan edi. Frantsiyalik futbolchi erkin agent hisoblanadi.
Frank "binafsharanglilar" safiga 2019 yil “Bavariya”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan ikki mavsum davomida jami 51 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 gol hamda 10 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar